1. книги
  2. Техническая литература
  3. Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov

Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma

Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov
Обложка книги

O’quv qo‘llanma «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlashdagi «Avtomatlashtirishning texnik vositalari» fanidan adabiyot sifatida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmada avtomatashtirishning texnik vositalari fan doirasida ochib berilgan. Ularni yoritishda tizimlaridagi joylashish ketma-ketligiga moslashtirilgan. O‘quv qo‘llanma bakalavrlar, magistrlar va shu sohada shug‘ullanadigan muhandislar uchun mo‘ljallangan.

Оглавление

Купить книгу

Приведённый ознакомительный фрагмент книги «Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma» предоставлен нашим книжным партнёром — компанией ЛитРес.

Купить и скачать полную версию книги в форматах FB2, ePub, MOBI, TXT, HTML, RTF и других

Kirish

Sanoatni rivojlantirishni zamon darajasiga yetkazishga texnologik tizimini energiya tejamkor zamonaviy tizimlar bilan modernizatsiyalash bilan erishish mumkin. Zamonaviy texnologik boshqarish tizimlarni asosini avtomatika, avtomatlashtirish vositalari tashkil etadi.

Texnik vositalar avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining real erishishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlaydi va belgilaydi. Boshqarish tizimlarining funksional imkoniyatlariga talablarning ortib borishi sensorlar, kontrollerlar, bajarish qurilmalarilarining yangi avlodlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishni texnologiyalarini rivojlantiradi. Texnikani rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari asoslari integratsiyalashgan mikroprotsessorli qurilmalarga asoslangan «aqlli» avtomatlashtirish qurilmalarining keng joriy etilishida namoyon bo‘lmoqda. Masalan, sensorlarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosan o‘rnatilgan mikroprotsessorlarning imkoniyatlari va ularni dasturlash darajasi bilan belgilanadi. Mikroprotsessor qurilmalarini aniq local tarmoqqa birlashtirish, tarmoq ma’lum bir ishlab chiqarish talablariga moslashish qobilyatini ta’minlaydigan, taqsimlangan boshqaruvga ega, prinspial jihatdan yangi tizimlarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Zaruriy tashqi qurilmalardan foydalanish nazorat-boshqarish, ma’lumotlarni yig‘ish tizimlarida yuqori funksiyalarga ega, boshqaruv esa «robotik» texnik tizimlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.

Hozirda zaruruiy obyekt uchun individual funksiyalarini birlashtirish odatiy hol bo‘lib qolmoqda. Raqamli signal protsessorlari, dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar, ko‘p protsessorli modullar va masofaviy signal kiritish-chiqarish modullari asosida qurilgan yagona qurilmalarda axborotni oraliq qayta ishlash va transformatsiya qilishda qo‘llanilmoqda. Yangi texnologiyalarning rivojlanishi natijasida turli protsessorli platalar, bitta platali kompyuterlar keng ishlab chiqilmoqda. Ularni aksariyati texnologiyasi personal kompyuterga mos keladigan kompyuterning ochiq arxitekturasiga to‘liq muvofiqligidir.

Hozirda RS-482/485, CAN, AS va boshqa interfeysli kodlangan signallarni uzatish uchun ketma-ket protokollar asosida tarmoq ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashning yuqori tezlikdagi texnik vositalari ishlab chiqilmoqda. Boshqarish, ularning ishlashi ishonchliligi, texnik qurilmalarning ishonchliligini oshishi bilan uzviy bog‘liqdir. Boshqaruv tizimining holatini diagnostika qilish va qayd etishning majburiy funksiyalari, ma’lumotlarni uzatish kanallarining ortiqchaligi, qurilmalar o‘rtasida axborotni qayta ishlash funksiyalarini taqsimlash uchun vositalarini yaratish masalasi birinchi o‘ringa chiqmoqda.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada boshqaruv tizimlarining asosiy, zamonaviy tipik texnik vositalarini texnologiyalari va qo‘llash xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.

Sensorlar, bajarish qurilmalarilari va dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar, shuningdek ularni ulash usullari yetarlicha batafsil ko‘rib chiqilgan. Sanoat tarmoqlari standartlariga katta e’tibor berilgan.

Avtomatlashtirishning texnik vositalari an’anaviy masalalarini ko‘rib chiqqan holda, muallif sohada asosiy o‘rin egallagan Siemens, Honeywell va boshqalar tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy texnik qurilmalarning texnik ma’lumotlarini taqdim etishga harakat qildi. Shuningdek, Uzbekiston avtomatlashtirish bozorida faol qo‘llanilayotgan qurilmalar analoglari ham taqdim etilgan.

Qo‘llanma materiallarini tayyorlashda Prosoft, Rakurs, PLC-Systems va boshqa shu kabi kompaniyalar ishlari, darsliklar, ma’lumotnomalar, monografiyalar, jurnal maqolalari, shuningdek, axborot va tijorat internet saytlari materiallaridan foydalanilgan. Tavsiya etilgan adabiyotlar va sanoatni avtomatlashtirish masalalari bo‘yicha saytlar ro‘yxati qo‘lyozma oxirida keltirilgan. Ushbu materiallar fanni o‘zlashtirish, kurs ishlari va bitiruv loyiha ishlarini bajarishda foydali bo‘lishi mumkin.

Вам также может быть интересно

а б в г д е ё ж з и й к л м н о п р с т у ф х ц ч ш щ э ю я